UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Эълонлар

E'lon!

Markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat ijtimoiy buyurtmalarini amalga oshirish loyiha boshqaruvchisini tanlab olish yuzasidan tanlov o‘tkazish haqida e’lon.
 
O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-fevraldagi 93-sonli qaroriga asosan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat ijtimoiy buyurtmalarini amalga oshirish loyiha boshqaruvchisini tanlab olish yuzasidan tanlov o‘tkazadi.

Tanlovda faqatgina nodavlat-notijorat tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan NNTda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan beriladigan Davlat ijtimoiy buyurtmalarini amalga oshirishda loyiha boshqaruvchisi etib belgilanadi.

1. Davlat ijtimoiy buyurtmasining tavsifi, amalga oshiriladigan hudud va qamrab olinishi lozim bo‘lgan xonadon va aholi soni haqidagi ma’lumotlar:

Davlat ijtimoiy buyurtmasining tavsifi

Hudud nomi

Ichimlik suvi bilan qamrab olinishi lozim bo‘lgan xonadon va aholi soni

Loyiha uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘

(so‘m)

1.

Ichimlik suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani "Biybazar" OFY "Paxtachi"  qishloq aholi yashash punktini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash

1 034 xonadon

6 519 aholi

4 880 000 000

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani "Xolimbeg"  OFY  "Boyovul" qishloq aholi yashash punktini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash

568 xonadon

1 705 aholi

3 600 000 000

3.

 Andijon viloyati Izboskan tumani “Haqqulobod” MFY aholi yashash punktini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash

930 xonadon

6 324 aholi

3 100 000 000

4.

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani "Mayda" MFY aholi yashash punktini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash

1 453 xonadon

6 681 aholi

12 500 000 000

5.

Qashqadaryo viloyati Kasbi  tumani "Jarko‘cha" MFY aholi yashash punktini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash

612 xonadon

3 550 aholi

4 900 000 000

6.

Namangan viloyati Chust tumani "Sarkamish-Mirzoobod" MFY  qishloq aholi yashash   punktini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash 

737 xonadon

4 224 aholi

6 050 000 000

7.

Samarqand viloyati Nurobod tumani "Do‘stlik" MFY "Xovuzbuloq" qishloq aholi yashash punktini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash

987 xonadon

4 935 aholi

1 770 000 000

8.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani   "Omonkalxat" (Ezgulik)  MFY qishloq aholi yashash punktini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash

660 xonadon

2 995 aholi

5 000 000 000

9.

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani "Bobotog‘" MFY aholi yashash punktini ichimlik suvi bilan ta’minlash

572 xonadon

3 045 aholi

8 200 000 000

 
 


2. Davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida loyihalar doirasidagi ishlar 2024-yil 31-dekabrga qadar yakunlanishi zarur.

3. Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  • nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ariza;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
  • nodavlat notijorat tashkiloti ustavining nusxasi;
  • davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida amalga oshiriladigan loyihalarga ushbu loyihalar amalga oshiriladigan hudud aholisidan va (yoki) homiylik xayriyalari yoki qonunchilik hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalardan ulush jalb etishning kafolatli miqdori haqidagi hujjatlar;
  • davlat ijtimoiy buyurtmalarini optimal va samarali amalga oshirish bo‘yicha texnik yechimlar to‘g‘risida takliflar;
  • davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida barpo etilgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini (inshootlarini) samarali ekspluatatsiya qilish bo‘yicha institutsional takliflar;
  • davlat ijtimoiy buyurtmasida loyiha boshqaruvchisi sifatida ishtirok etish xarajatlari miqdori.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nodavlat-notijorat tashkilotlar tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tanlov o‘tkazish tartibi asosida hujjatlarni taqdim etishlari zarur.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nodavlat-notijorat tashkilotlar tanlov o‘tkazish tartibini dibtanlov@umail.uz elektron pochta manziliga murojaat etgan holda olishlari mumkin.

dibtanlov@umail.uz elektron pochta manzili orqali tanlov o‘tkazish tartibi yuborilgan NNTlar tanlov ishtirokchilari sifatida ro‘yxatga olinadi, ro‘yxatga olinmagan NNTlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni sifatiga va tanlov talablariga mosligiga tanlov komissiyasi javobgar hisoblanmaydi.

Tanlovda ishtirok etish yuzasidan hujjatlar 2024-yilning 15-iyunidan 2024-yil 15-iyul soat 16:00 ga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Toshkent shahar Abay ko‘chasi 6 uy manzilida qabul qilinadi.
Pochta indeksi 100027.

Ko‘rsatilgan muddatdan keyin kelib tushgan takliflar rad etiladi.