UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Endi metro va bino-inshootlar oʻrtasidagi himoya zonasi 15 metr boʻlishi shart

Endi metro va bino-inshootlar oʻrtasidagi himoya zonasi 15 metr boʻlishi shart. “Metropolitenlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga qoʻshimchalar kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining tegishli buyrugʻiga asosan “Metropolitenlar” shaharsozlik normalari va qoidalari yangi 421-band bilan toʻldirildi.

Mazkur kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra mavjud metropoliten yer osti tunnellari devorlari hamda yer usti yoʻnalishlarining tayanch ustunlari poydevorlari bilan yangi qurilishi rejalashtirilgan bino va inshootlar orasidagi himoya zonasi kamida 15 metrni tashkil qilishi lozim.

Mazkur talab metropoliten infratuzilmasi xavfsizligini taʼminlash, shaharsozlik jarayonlarida normalarga qatʼiy rioya qilish va yer osti transport tizimiga salbiy taʼsirlarning oldini olish maqsadida kiritildi.

Bundan tashqari “Metropolitenlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq:

Metropoliten infratuzilmasi va unga tutash hududlarda qurilish xavfsizlik talablari qatʼiy belgilangan boʻlib, loyiha, qurilish hamda rekonstruksiya jarayonlarida bu normalarga rioya qilinishi kerak. Metropoliten stansiyalari va yoʻnalishlarini loyihalashda yongʻin xavfsizligi, zilzilabardoshlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, yoʻlovchilar va xodimlarning xavfsizligi asosiy mezon sifatida koʻrilishi lozim.

Yangi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan bino-inshootlarning loyihalash ishlari shahar metropoliten tizimi bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borilishi, shuningdek, mazku loyihalarda zamonaviy texnologiya hamda innovatsion yechimlardan foydalanilishi koʻzda tutilgan.