UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Energiya samaradorlik

Shaharsozlik normalarida energiya samaradorlikka oid standartlarni joriy qilish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkoniyatlari

Shaharsozlik norma va qoidalarining “Jamoat binolari va inshootlari” talablariga muvofiq, odamlar doimo bo‘ladigan xonalarga deraza ochiq tavaqalaridan yelvizak, burchak bo‘yicha va bir tomonlama shamollatish nazarda tutilishi kerak. 

Texnologik talablarga asosan, tashqaridan yoki qo‘shni xonalardan havo kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Quyosh nuridan himoya qurilmalari yilning issiq davrida quyosh radiatsiyasidan issiqlik tushishini kamaytirishni ta’minlashi zarur. 

Bir va ikki qavatli binolarning quyosh nuridan himoyasini ko‘kalamzollashtirish vositalari orqali ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi.

Balandligi 5 va undan ko‘p qavatli binolarning quyosh nuridan himoya qurilmalari yonmas ash’yolardan bajarilishi kerak. Bunda quyosh nuridan ko‘chmas himoya konstruksiyalari yong‘in o‘chiruvchilarni har qaysi qavatga kirishlariga va u yerdan insonlarni evakuatsiya qilishlariga to‘siq bo‘lib qolishi mumkin emas.