“Eng yaxshi boshqaruv organi” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi, ikkinchi qismiga start berildi
Bu bosqichda boshqaruv servis kompaniyalari o‘zlarining faoliyatiga doir taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda. Xususan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatovning tanlov ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva tomonidan o‘qib eshittirildi.
Vazir o‘z nutqida boshqaruv organlarining uy-joy kommunal sohasidagi muhim o‘rni, oxirgi yillardagi islohotlarning natijalari va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritib, quyidagilarni ta’kidladi:
“So‘nggi yillarda uy-joylarga xizmat ko‘rsatish tizimi tubdan takomillashdi. Sohaning rivojlanishi natijasida boshqaruv organlari aholiga nafaqat uy-joy xizmatlari, balki qo‘shimcha servislar ham taklif qila oladigan darajaga yetdi. Shu bilan birga bugungi kunda uy-joy boshqaruvi orqali tadbirkorlik imkoniyatlari kengayib, kompaniyalar aholining bandligini ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda”.