“Eng yaxshi boshqaruv organi” ko’rik tanlovining Toshkent shahar bosqichi boshlandi
Marosimni Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva kirish so’zi bilan ochib berdi.
- Tanlovning shahar bosqichiga chiqish katta muvaffaqiyat! Men barchangizni ushbu yutuq bilan samimiy qutlayman. Bu g‘alaba sari bosilgan ilk qadam! Mamlakatimizda mavqeingizni yanada oshirish, sizdek mashaqqatli kasb egalarining mehnatini yanada targ‘ib qilish asnosida tashkil etilgan tadbir orqali jamiyatda kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi vakillarining munosib o‘rnini ta’minlash nazarda tutilmoqda. Hurmatli, boshqaruv organlari vakillari! Yana bir bor sizlarga ushbu tanlovda ulkan omad va muvaffaqiyatlar tilayman. Bor kuch-g‘ayratingizni, maqsadlaringizni, jamiyat uchun aytmoqchi bo‘lgan gaplaringizni shu tanlov orqali ifoda etasiz, degan umiddaman. Barchangizga omad va muvaffaqiyat yor bo‘lsin, - dedi Ozoda Jo’rayeva.
Tadbirda shuningdek, Toshkent shahar prokurori o’rinbosari Habibulla Mirsoatov, Olmazor tumani hokimi Azizxon Umarxonov va boshqa mutasaddilar ishtirok etmoqdalar.