UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Farg’ona shahrida barpo etilayotgan yangi Eko shaharda ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi “Eco city servise” boshqaruv tashkiloti uchun bino tashkil etilmoqda

BSK binosi har tomonlama qulay bo’lishi kerak!

Ta’kidlaganimizdek, Farg’ona shahrida barpo etilayotgan yangi Eko shaharda ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi “Eco city serviseboshqaruv tashkiloti uchun  bino tashkil etilmoqda. Hozirda bino so’nggi bosqich, ya’ni kosmetik ta’mirlash jarayonida. 

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva mazkur jarayonning borishini ko’zdan kechirdi. 

Ta’kidlash lozimki, obyektda ishlar qizg’in tus olgan. Ozoda Jo’rayeva boshqaruv tashkiloti binosida avvalo aholi hamda ishchi-xodimlar uchun qulay sharoit yaratish lozimligini ta’kidladi:

- Boshqaruv kompaniyasi binosida qulaylik, kompaktlilik juda muhim. Ishchi xodimlar ovqatlanishi, hordiq chiqarishi, tungi navbatchilik uchun alohida xonalar bo’lishi kerak. Shu bilan birga aholi bilan ishlashda ham zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga e’tibor qaratishimiz kerak, - dedi Ozoda Jo’rayeva.