UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Farg'ona shahrining bosh reja korrektura loyihasi ko'rib chiqilmoqda

O'zbekiston Respbulikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-299-sonli qarori bialn tasdiqlangan Dasturda joriy yilda ishlab chiqilishi rejalashtirilgan shaharsozlik hujjatlari bo'yicha reja tasdiqlangan.

Shu munosabat bilan  "O'zshaharsozlik LITI" bosh loyiha institutining arxitektor va mutaxassislari Farg'ona shahrida xizmat safarida bo'lib turishibdi. Viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Lazizxon Pozilov boshchiligida tegishli tashkilot va korxona rahbarlari hamda mahalla fuqarolari yig'ini raislari  Farg'ona shahar bosh rejasi korrekturasining  dastlabki loyihalarini  muhokama qildilar. Bu borada tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Ta'kidlash lozimki, bunda  odamlarga yanada qulay muhit yaratish, hududlarning raqobat ustunliklarini ta'minlash  va barqaror rivojlanish drayverlarini aniqlab beruvchi tizim joriy etishga asosiy e'tibor qaratilgan.