UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Farg'ona viloyati Margʻilon shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida qurilish ishlari oʻrganildi

Vazir oʻrinbosari Toir Alimatov Margʻilon shahrida barpo etilayotgan massivda boʻlib, shahar hokimi, tegishli tashkilot va boshqarmalar, loyiha hamda qurilish-pudrat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida qurilish ishlarining borishini koʻzdan kechirdi.

Ayni kunlarda 75 gektar yer maydonida 6 ming xonadonli “Yangi Oʻzbekiston” massivining qurilish ishlariga kirishilgan, hozirda 10 ta 12 va 16 qavatli uylarning qurilishi belgilangan me'yorlar asosida bajarilmoqda. Shuningdek, bu yerda savdo majmualari, 10 ta ijtimoiy soha obyektlari qurilishi ham koʻzda tutilgan.

O'rganishlar jarayonida vazir oʻrinbosari tomonidan  kunlik ish natijalari sarhisob qilinib, kamchiliklar tahlil etildi.

Navbatdagi manzil Margʻilon shahri “Ipakchi” MFYdagi Renovatsiya dasturi asosida turar joy binolarini qurish obyekti bo'ldi.

Bu yerda maʼnan eskirgan uylar oʻrnida 11 ta 7 qavatli 385 xonadondan iborat uylar barpo etilmoqda va mazkur uylarning bir qismi mart oyi oxirlarida foydalanishga topshiriladi.

Toir Alimatov quruvchilar bilan muloqotda ish sifatiga eʼtibor qaratish, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini belgilangan tartibda tortish, xonadon egalariga yanada qulayliklar yaratish, hududni obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.