Farg‘ona viloyati Qurilish bosh boshqarmasi (MUNOSABAT)
Farg‘ona shahri Sharof Rashidov ko‘chasidagi qurilish ishlari haqida telegram messenjeri orqali tarqalgan xabar Farg‘ona viloyati Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Oʻrganishlar davomida “Qirguli” MFY Quruvchilar koʻchasi yoʻl boʻyidagi 93 tup 2-3 yillik yosh manzarali daraxt koʻchatlari fuqaro K.A. tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz, oʻzboshimchalik bilan qarama-qarshi tomondagi yo‘l chetiga koʻchirib oʻtqazilganligi, qurib qolgan 4 tup yapon saforasi, 4 tup tol daraxtlari ostidan kesib yuborilganligi aniqlangan.
Huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilangan.
Shuningdek, ruxsatsiz koʻchirib oʻtqazilgan koʻchatlarning koʻkaruvchanligini taʼminlash uchun zarur choralar koʻrish lozimligi yuzasidan ogohlantirish berilgan va belgilangan muddatda koʻchirib oʻtqazilgan daraxt koʻchatlari qurib qolgan taqdirda tabiatga yetkazilgan 252 296 000 soʻm zarar summasini undirish choralari koʻrilishi yuzasidan kafolat xati olingan.
Hududdagi qolgan daraxtlar xatlovga olingan hamda viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan holat bo‘yicha o‘z vakolati doirasida tegishli taʼsir choralari koʻrib chiqilgan.


