UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasida ham “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida hashar tashkil etildi

Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki.

Oʻzbek xalqining qadimiy va ezgu qadriyatlaridan sanalgan umumxalq xayriya hashari Navroʻz bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab oʻtkazilmoqda. 

Hududlarda mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar va koʻchalar obodonlashtirilmoqda. 

Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasida ham “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida hashar tashkil etildi. 

Boshqarma binosi atrofidagi daraxtlarga shakl berildi. Atrof supurib-sidirildi, chang-gʻuborlardan tozalandi. 

Xususan, Farg'ona shahri Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi xodimlari  hamda boshqaruv kompaniyalari ham bu kabi ishlarda faol  ishtirok etib, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.