UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari

Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Buvayda tumani "Qo'rg'oncha" MFY hududida  buyurtmachi “Infratuzilmani  rivojlantirish  injinering kompaniyasi” DM tomonidan qurilayotgan 6-sonli maktab binosini rekonstruksiya qilish obyektida monitoring ishlari o'tkazildi.

Buyurtmachining texnik nazoratchisi obyektda nazorat ishlarini amalga oshirmaganligi oqibatida yangi o‘quv binosining 1-qavat “B-G” va “1-5” o‘qlar oralig‘ida parda devorlarni kuchlantirish ishlari loyiha bo‘yicha bajarilmaganligi ma'lum bo'ldi. Bundan tashqari pardadevorda har 520 mm balandlikda SG-2 to‘rlar o'kazilmagani va loyihada ko‘rsatilgan F-1 simlar bilan asosiy devorga bog‘lanmaganligi aniqlandi.

Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas'ullariga “Qurilishda davlat nazorati” tizimi orqali bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi va loyiha talablari asosida bajarilmagan g'isht terish ishlari demontaj qildirildi.