Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari
Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Buvayda tumani "Yangiqo'rg'on" MFY hududida buyurtmachi "Egamberdi baraka fayz" XK tomonidan qurilayotgan 3 qavatli savdo majmuasida navbatdagi monitoring ishlari o'tkazildi.
Jarayonda buyurtmachining texnik nazoratchisi obyektda nazorat ishlarini amalga oshirmaganligi oqibatida binoning 2-qavat “D-E” va “4-7” o‘qlar oralig‘ida qavatlar aro quyma temir-beton zinasi loyiha asosida bajarilmaganligi aniqlandi.
Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan qurilishning mas'ullariga “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi va loyiha talablari asosida bajarilmagan binoning 2-qavat quyma temir-beton zinasi joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.




