Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Youtube platformasida e'lon qilingan holat Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
Farg’ona shahri, “Oybek” mahalla fuqarolar yig’ini, Madaniyat ko’chasidagi 400.0 kv metr yer maydoniga “Tong” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ikki qavatli savdo va maishiy xizmat ko’satish binosini qurish uchun Farg’ona shahar hokimining qaroriga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
“Tong” mas'uliyati cheklangan jamiyati 2021-yil 17-sentabr kuni inspeksiyaga xabarnoma yuborib, qurilish-montaj ishlarini boshlagan.
Shundan so’ng Davlat kadastrlar palatasi Farg’ona viloyati boshqarmasi Farg'ona filiali tomonidan yer uchastkasining kadastr pasporti shakllantirilib berilgan. Ammo “Tong” MCHJ 2022-yil 12-yanvar kuni oldi-sotdi shartnomasiga asosan obyektni fuqaro G.Abdullayevaga sotib yuborgan.
Hozirgi kunda qurilishi tugallanmagan ikki qavatli bino-ishootga fuqaro G.Abdullayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi "Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 200-son qarori bilan tasdiqlangan 2-3-4-ilovasi hamda “Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obektni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ga zid ravishda qurilish-montaj ishlari boshlab yuborilganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo’yicha inspeksiya mutaxassislari tomonidan 2024-yil 24-sentabrda qurilish-montaj ishlarini to’xtatish to’g’risida ogohlantirish xati va yozma ko’rsatma berilib, hozirgi kunda ushbu obyektda qurilish to’xtatilganligini ma’lum qilamiz.