UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi nazorat ishlari

Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan  Dang‘ara tumani "Uvaysiy" MFY  hududida  fuqaro I.Muzaffarov tomonidan qurilayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektida nazorat ishlari o‘tkazildi.

Natijada quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  • obyektda mutaxassislar tomonidan texnik, mualliflik va ichki nazorat bo‘yicha belgilangan tartibda nazorat ishlari olib borilmagan;
  • binoning 2-qavatida loyihada ko‘zda tutilmagan quyma temir-beton kolonna va rigel quyish ishlari bajarilgan;
  • g'isht devor tiklash ishlari qurilish me'yoriy talablari asosida amalga oshirilmagan.

  Qoidabuzarliklar yuzasidan mas’ul shaxslarga yozma ko‘rsatmalar berildi hamda sifatsiz bajarilgan qurilish ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan buzdirildi.