Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (reyd tadbirlari)
Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda sifatsiz qurilishlarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, Qo'qon shahri "Istiqlol"MFY hududidagi 16-sonli maktabni rekonstruksiya qilish obyektida monitoring ishlari o'tkazilganda qurilish madaniyatiga amal qilinmagani, hudud chiqindilardan tozalanmagani, shu bilan bir qatorda ishchilarning xavfsizligi ta'minlanmaganligi aniqlandi.
Obyektda o'rnatilgan ayrim eshik va romlar devorga belgilangan tartibda qotirilmagani, binoning 2-5-qavatidagi yuvinish xonasida jihoz o'rnatishda beton ishlari loyiha bo'yicha bajarilmaganligi ham ma'lum bo'ldi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan qurilishning mas'ullariga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berilib, loyiha talablari asosida qilinmagan ishlar demontaj qildirildi.