UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Farg'ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Uza.uz saytida Farg'ona viloyati Bagʻdod tumanidagi koʻp qavatli uy-joylar boʻyicha e'lon qilingan tanqid yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:  
 
Murojaatda keltirilganidek, 2023-yil Bagʻdod tumanida koʻp qavatli uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilmagan. Boisi obyektlarda qurilish-montaj ishlari o'z yakuniga yetmaganligi sababli Farg'ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ulardan foydalanishga ruxsat berilmagan.  
 
Ma'lumot o'rnida ta'kidlash lozimki, Bagʻdod tumani “Ittifoq” MFY "Yangihayot" koʻchasida barpo etilgan 1 dona 6 qavatli turar-joy binolarida  pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy yilning mart oyi yakuniga qadar uylarni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.  
 
Shuningdek, tumanda 2024-yilda 10 ta 5 qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, hozirda loyiha oldi hujjatlari rasmiylashtirilayotganini ma'lum qilamiz.