UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Farg‘ona viloyatida “Fankoyl” tizimiga o‘tish bo‘yicha seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan Farg‘ona viloyatida 2025-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy soha obyektlarini 2-bosqich loyihalash jarayonida barqaror issiqlik ta’minoti bilan ta’minlash tadbirlari doirasida “Fankoyl” tizimiga o‘tish bo‘yicha seminar-yig‘ilishi o‘tkazildi.

Muhokama davomida loyiha tashkilotlari bilan barqaror issiqlik ta’minoti doirasida “Fankoyl” tizimini joriy etish yuzasidan muzokaralar olib borildi. Bildirilgan barcha fikr-mulohazalar ishchi guruh bilan kelishilgan holda ko‘rib chiqilib, amaliy ishlar tashkil etildi.