Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlardagi Qoʻqon shahar 52-MFY ga qarashli Abu Toyib Hoʻqandiy 112, 113-uylar yonidagi qurilayotgan noturar binolar boʻyicha fuqarolarning noroziligi koʻrsatib oʻtilgan lavhalar yuzasidan Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganilgan.
112, 113-uylar yonida ikki qavatli “Yoshlar mehnat guzari” binolari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarga har biri 36 m2-maydondan ajratib berilgan va tadbirkorlar tomonidan binolar qurilishi 2020-yilda boshlangan.
Ushbu obyektlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning MAʼMURIY REGLAMENTIga muvofiq 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino boʻlganligi sababli inspeksiya vakolatlariga tadbiq etilmasligi sababli inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtmagan.
Bugungi kunda ushbu obyektlarda qurilish ishlari toʻxtab qolgan.


