UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Ijtimoiy tarmoqlardagi Qoʻqon shahri I.Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universitetining Qoʻqon filialida 5 qavatli turar joy binosi qurilishi yuzasidan murojaat Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi.

Jarayonda hududda 5 qavatli turar-joy binosi emas aksincha davlat xususiy sheriklik asosida 400 oʻrinli talabalar turar joyi qurilishi boʻyicha muhandislik geologik qidiruv uchun transheya ishlari boshlanganligi aniqlandi. 

Holat yuzasidan mas'ullarga shaharsozlik hujjatlari toʻliq ishlab chiqilganidan soʻng qurilishni boshlashi lozimligi hamda hozirgi kunda olib borilayotgan transheya ishlarini toʻxtatishi boʻyicha koʻrsatma berildi.