UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Fargʻona shahri "Maʼrifat" MFY Farmonova (injenerlar) koʻchasida mavjud ikki qavatli bino-inshootlarni rekonstruksiya qilib, uchinchi qavatni qurish hamda hududiga uch qavatli maktab binosi va yordamchi bino qurilishi bo'yicha 2021-yil 4-avgustda hududiy inspeksiyaga xabarnoma yuborilgan va obyekt ro'yxatdan o'tgan.

Unda Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan tizimli ravishda nazorat ishlari olib borilgan.

Qurilish ishlari yakunlangandan soʻng “FENIX MAKTABI” NODAVLAT TAʻLIM MUASSASASI nomiga 2022-yil 10-oktabrda undan foydalanish uchun ruxsatnoma berilgan. Hozirda maktab binosidan foydalanilmoqda. Xabardagi boshqa ko'rsatilgan kamchiliklarni o'rganish inspeksiya vakolatiga kirmasligini ma'lum qilamiz.