Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona shahri 34-bogʻcha, 17-maktabga kirish yoʻlidagi qurilish ishlari boʻyicha qilingan murojaat Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Ushbu manzilda buyurtmachi-pudratchi “Prestij venus” MCHJ tomonidan 6 qavatli turar joy binosi qurilmoqda.
2024-yil 26-mart kuni mas'ullar inspeksiyaga xabarnoma yuborishgan va obyekt roʻyxatdan oʻtkazilgan. Shu vaqtdan boshlab unda belgilangan tartibda nazorat ishlari olib borilmoqda.
Oʻrganish jarayonida inspeksiya tomonidan hududda xavfsizlik choralari koʻrildi, bino ogohlantirish lentalari bilan oʻralib, yoʻlning notekis joylari texnika yordamida to'g'irlab qo'yildi.