Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

"Fargʻonada pudratchi tashkilot texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmayapti", mavzusidagi xabar yuzasidan Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi quyidagilarni ma'lum qiladi:
“Prestige Venues” va “Oybek Binokor Grand” MCHJ tashkilotlariga tegishli obyektning qurilish-montaj ishlari “Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” talablarini bajarmasdan, obyektni roʻyxatdan oʻtkazmagan holda boshlangan.
Mas'ullarga inspeksiya tomonidan qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish boʻyicha 2024-yil fevral oyida yozma koʻrsatma berilgan.
Bugungi kun holatiga ko'ra obyektdagi qurilish ishlari toʻxtatilgan. Shuningdek, belgilangan tartibda kerakli hujjatlar sudga taqdim etilmoqda.

