Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan “Eko shahar” massividagi 2-uy fuqarolaridan qilingan murojaatga asosan holat joyiga chiqqan holda hududning boshqaruv servis kompaniyasi BSK “ECHO CHITY SERVIS” MCHJ rahbari Ch.Qamchiyeva va ushbu uy-joyni qurgan pudratchi “YULDUZ” MCHJ rahbari Q.Madaminovlar ishtirokida oʻrganildi.
Fargʻona shahri "Ilgʻor" MFY Mustaqillik shox koʻchasidagi 7 qavatli ushbu uy liftining ishlamay qolganiga sabab elektr taʼminoti vaqtinchalik toʻxtagani ekani maʼlum boʻldi. Hozirda ushbu turar joy binosining lifti ishchi holatda.