Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida joylashgan maktabda bajarilayotgan ishlar yuzasidan tarqatilgan videolavha yuzasidan viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi:
Qoʻqon shahrida joylashgan 20-sonli maktabni rekonstruksiya qilish obyekti inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtkazilgan va bugungi kunda foydalanishga topshirilmagan. Maktabda belgilangan tartibda inspeksiya tomonidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Hozirda mavjud binolarda pardozlash va izolyasiya va yangi oʻquv binosida poydevor osti zichlash ishlari bajarilmoqda.
Tarqalgan videodagi holat, ya’ni binoning fasad qismida bazalt qoplamasini koʻchgan qismlari aslida inspeksiya mutaxassisi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklar boʻlib, binoning fasad qismidagi sifatsiz bajarilgan bazalt qoplamasi koʻchirilgan.
Bugun binoning fasad qismida qurilish ishlarini olib borayotgan quruvchilar dam olishda boʻlganligi sababli bartaraf etish jarayonlari hali davom etadi. Holat nazoratga olingan.