Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona shahri ''Beruniy'' MFY Kimyogarlar koʻchasi 13/1-uyda joylashgan “Yoshlar mehnat guzari” qurilish obyekti boʻyicha tarqalgan lavhalar Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganilganda quyidagilar maʼlum boʻldi:
Fargʻona shahar hokimining 2021-yil 28-aprelda “Fargʻona city stroy“ MCHJga “Yoshlar mehnat guzari” kompleksi qurish, tutash hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun ushbu hududdan 1,0 gektar yer maydoni ajratish toʻgʻrisida”gi qarori chiqarilgan.
Xususan, obyekt uchun qurilish boshqarmasining 2021-yil 31-maydagi ART (Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi) hujjatlari ishlab chiqilgan. Loyiha hujjatlari esa “HI-TECH-ARCHITECT PROJECT” xususiy korxonasi tomonidan tayyorlangan hamda Arxitektura va shaharsozlik kengashining 2022-yil 18-avgustdagi ijobiy xulosasi berilgan.
Loyiha-smeta hujjatlariga ”Bunyodkor yoshlar 2020" MCHJ tomonidan 2022-yil 30-avgustda ekspertiza xulosalari rasmiylashtirilgan.
Buyurtmachi “Fargʻona City-Stroy” MCHJ tomonidan obyekt 2023-yil 4-martda roʻyxatdan oʻtgan va belgilangan tartibda inspeksiya tomonidan nazorat ishlari amalga oshirilgan.
Bugungi kunda unda qurilish-montaj ishlari yakunlanish arafasida hamda pardozlash ishlari bajarilmoqda.

