UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Ijtimoiy tarmoqlardagi Fargʻona shahri "Barkamol" MFY (Navbahor) Yangi asr koʻchasi 138/2-uyda olib borilayotgan qurilishdan fuqarolarning noroziligi ko'rsatilgan lavhalar yuzasidan Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'rganish ishlari olib borildi.

Ushbu manzilda fuqaro R.Tashpoʻlatov tomonidan noturar joy qurilishi uchun “HUMO STROY PROJECT” MCHJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, “Qurilish loyiha ekspertiza sinov” MCHJ tomonidan 2022-yil 14-iyulda ekspertiza xulosasi olingan. Xususan, Arxitektura  va shaharsozlik  kengashining 2023-yil 12-yanvardagi ijobiy xulosasi berilgan va ushbu sanada obyekt roʻyxatdan oʻtgan. Unda belgilangan tartibda doimiy inspeksiya tomonidan nazorat ishlari amalga oshirilgan. 

Bugungi kunda esa suvoq ishlari bajarilmoqda. Shuningdek, inspeksiya tomonidan obyektdagi qurilish chiqindilarini maydondan olib chiqib ketish va atrofini vaqtinchalik toʻsiq devor bilan oʻrash bo'yicha bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatma berildi. Murojaatda koʻrsatilgan holatlarni buyurtmachi tomonidan bartaraf etishga kirishilganligini maʼlum qilamiz.