Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan monitoring ishlari
Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan buyurtmachi “Far Uchk Binokor Elit” MCHJ tomonidan Yozyovon tumani “Yuqori soyboʻyi” MFY “Yangi Oʻzbekiston” massivi hududida qurilayotgan 5 qavatli 2 yoʻlakli va 36 xonadonli turar-joy binosi obyektida oʻrganish oʻtkazilganda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
- obyektda texnik, mualliflik va ichki nazorat boʻyicha mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda nazorat ishlari olib borilmagan;
- binoning fasad qismidagi travertin pardozlash ishlari sifatsiz bajarilgan, yuzalarda notekisliklar va ranglarda bir xillik taʼminlanmagan.
Ushbu holat yuzasidan qurilishning masʼul shaxslariga koʻrsatmalar berildi hamda sifatsiz bajarilgan fasad pardozlash ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan toʻxtatilib, buzdirildi.



