UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Fargʻonada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal surʼatlarda!

2025–2026-yillar kuz-qish mavsumi uchun Fargʻona viloyatida 419 ta koʻp qavatli uy-joyda joriy va mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Rejaga koʻra 38 ming m² tom qismi, 642 ta kirish yoʻlagi,  239 ta elektr taqsimlovchi shitlar, 129 ta yertoʻla muhandislik tarmoqlari, 105 ta uy ichi tarmoqlari, 116 ta fasad qismi taʼmirlash va  230 ta temir eshik va 176 ta kodli qulflar oʻrnatish belgilangan.

Amalda 151 ta uyning 32 ming m² tom qismi, 328 ta kirish yoʻlagi, 210 ta shitlar, 117 ta yertoʻla tarmoqlari, 92 ta uy ichi tarmoqlari, 50 ta fasad qismlari taʼmirlanib, 113 ta temir eshik va 119 ta kodli qulflar oʻrnatildi.

Qoʻshimcha ravishda 185 ta uyda taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, energiya tejamkor 1 620 ta sensor chiroq oʻrnatildi.  Umumiy ishlarga 6 982 mln soʻm sarflandi.

Ma'lumot uchun, Fargʻonada 128 912 ta xonadondan iborat 4 120 ta koʻp qavatli uylar mavjud boʻlib, ularga 2 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari va 69 ta boshqaruv servis kompaniyalari xizmat koʻrsatib kelmoqda.