UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Fargʻonada “Oʻzbekiston yoshlari forumi -2024” doirasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning “Kasblar tanlovi” va “Yosh quruvchi” yoʻnalishi boʻyicha viloyat bosqichi oʻtkazildi

 Fargʻonada “Oʻzbekiston yoshlari forumi -2024” doirasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning “Kasblar tanlovi” va “Yosh quruvchi” yoʻnalishi boʻyicha viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada ishtirokchilar oʻz mahoratlarini namoyish etib, qurilish sohasida egallagan bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazdilar.

“Yosh quruvchi” yoʻnalishi – nafaqat kasbiy mahorat, balki kelajakni barpo etish imkoniyatidir, - dedi bosh boshqarma boshligʻi Lazizxon Pozilov.

Ishtirokchilar hayʼat aʼzolari tomonidan baholanib, esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Eng yaxshi natijani qayd etgan bir nafar ishtirokchi respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.