UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Fuqarolar murojaatlari o‘rganilmoqda

Bugun Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Tadbir aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda takroriy murojaatlarning oldini olish maqsadida tashkil etildi.

Qurilish va loyihalashtirish bilan bog‘liq masalalarga aniqlik kiritish istagida boshqarmaga 30 ga yaqin fuqaro o’z muammolari bilan murojaat qildi. Ularning masalalari soha mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Natijada 26 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirishlar va zarur maslahatlar berildi.

Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning bir qismi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi. Bitta murojaat esa bevosita joyiga chiqib o‘rganish uchun nazoratga olindi.