UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

“Gigant kommunal servis” boshqaruv servis kompaniyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Bugungi kunda Namangan viloyatida 1 840 ta ko’p qavatli uylar mavjud bo’lib, ularda 57 501 ta xonadon bor. Bu raqamlarga har yili yuzlab ko’p qavatli yangi uylar qo’shilmoqda. Tabiiyki, aholi va uy-joylar sonining ortishi boshqaruv servis kompaniyalarining zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shu bois hozirdanoq viloyatda kuz-qish mavsumiga tayyorgalik ishlari boshlab yuborildi. 

Ayni paytda biz Davlatobod tumanida joylashgan ko’p xonadonli uylarga xizmat ko’rsatuvchi “Gigant kommunal servis” boshqaruv servis kompaniyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlariga guvoh bo’ldik, aholi fikrlarini o’rgandik.