Grant loyiha qo‘lga kiritildi
Vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati Yevropa Ittifoqining grant loyihalar bilan ishlash boshqarmasi vakili Jana Kurpisa bilan uchrashdi.
Unda institut Yevropa Ittifoqining TAIEX INTPA - "Technical Assistance and Information Exchange Instrument for International Partnerships" grant loyihasida g‘olib deb topilgani e’lon qilindi.
Mazkur grant loyihasi O'zbekistonda Yevrokodlarni implementatsiya qilish doirasida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan yurtimizga ekspertlar tashrif buyurib, seminar-treninglar o'tkazishi hamda mahalliy soha mutahassislarini Yevrokod implementatsiyasi bo'yicha o'qitib, qo'shimcha o'quv turlari tashkil qilish ishlari rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida grant loyihada belgilangan seminar-treninglar kun tartibi hamda ushbu loyihani amalga oshirish bo'yicha tegishli reja-dasturlarni ishlab chiqishga kelishib olindi.