Guliston shahrining "Bo'ston" mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlar amalga oshirilmoqda
Guliston shahrining "Bo'ston" mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida hokimlik, tegishli tashkilotlar xususan, "Istiqlol kommunal ta'mir xizmati" boshqaruv servis kompaniyasi bilan birgalikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, aholi yashovchi hudud atroflari tozalanib, turli xildagi chiqindilar maxsus texnikalar yordamida chiqarib tashlandi va ko'p qavatli uylarning yerto'la qismidagi oqova suv quvurlari ta'mirlanib, elektr shitlar tartibga keltirildi.
Bundan tashqari mahalla hududida elektr simlariga tutashgan daraxt shoxlarini kesish, gaz quvurlarini bo'yash kabi ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, "Yangiyer kommunal ta'mirlash servis" MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan Yangiyer shahri "Davlatobod" mahallasida joylashgan 10-sonli ko'p qavatli uyning kirish eshiklari olib tashlanib, yangi temir eshiklar o'rnatib berildi.
Sirdaro viloyatining barcha tuman va shaharlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish borasidagi ishlar qizg'in davom etmoqda.