UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Hafta dayjesti: qurilish va kommunal sohada ro'y bergan muhim voqealar tafsilotlari

1. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida qurilish sohasi tadbirkorlari, developerlar va soha mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
      Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov ishtirokida quruvchilar va developerlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 2025-yil 1-iyuldan sinov tariqasida joriy etilayotga eskrou tizimining amaliy jihatlari, notarial tartibda tuziladigan shartnomalar va xaridor huquqlarining himoyasi muhokama qilindi. Vazir o‘z nutqida davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilgan islohotlar, massivlar barpo etishdagi yutuqlar, shuningdek, qurilish sohasidagi shaffoflik va barqarorlikni ta’minlash zarurligini alohida urg‘uladi. U so‘nggi yillarda minglab xonadonlar qurilib, foydalanishga topshirilganini ta’kidlab o‘tdi.
  
2. Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Toshkentda boshqaruv organlari faoliyatini o‘rgandi  
        Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva poytaxtdagi boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini o‘rgandi. Chilonzor tumanidagi “Bio tex-servis” BSK tomonidan 124 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatilmoqda. “Botirma” mahallasida to‘rtta uy mukammal ta’mirdan chiqarilgani vazir o‘rinbosarining e’tiborida bo‘ldi. Ushbu o‘rganishlar davomida mavjud tizimda ochiq-oshkoralik, xizmat sifati va aholining roziligi ustuvor mezon ekani ta’kidlandi.

3. Qoraqalpog‘istonda bino-inshootlarning zilzilabardoshligi  ko‘zdan kechirildi 
   Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida ko‘p qavatli uylarning seysmik xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda instrumental tekshiruvlar, shaharsozlik me’yorlariga rioya qilish, mavjud huquqiy amaliyotdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu tashrif respublika hududlarida xavfsiz qurilish tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

 4. BMT delegatsiyasi bilan ekologik qurilish yechimlari muhokama qilindi 

Yevropa iqtisodiy komissiyasi missiyasi doirasida BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi vakillari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida ekologik jihatlar, yashil qurilish texnologiyalari, chiqindilarni qayta ishlash va zararsiz yechimlar muhokama qilindi. Bu uchrashuv O‘zbekistonning barqaror rivojlanishga sodiqligini yana bir bor ko‘rsatdi. Qurilishda ekologik xavfsizlik mezonlarini kuchaytirish – kun tartibidagi ustuvor masalaga aylandi. 

5. Ozoda Jo‘rayeva tomonidan har juma o‘tkazib kelinayotgan bu galgi qabulda 20 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi 
Vazirlikda juma kuni tashkil etilgan fuqarolar qabuli chog‘ida kommunal sohadagi muammolar, “Mening uyim” billing tizimi, boshqaruv organlarini elektron reyestrga bog‘lash kabi masalalar muhokama qilindi. Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva aholi bilan suhbatda tizim tobora raqamlashib, boshqaruv organini o’zgartirish, tizimga biriktirishda inson omili kamayib borayotganiga urg’u berib o’tdi: - Biz ko’p qavatli uylardagi noqonuniy xatti-harakatlarga tizimni to’liq raqamlashtirish orqali chek qo’yamiz,- deya ta’kidladi.

6. KOSCA delegatsiyasi Kompetensiyani rivojlantirish institutida bo‘ldi
Koreyaning KOSCA tashkiloti delegatsiyasi 22-may kuni qurilish sohasidagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlar malaka oshirish jarayonlari, o‘quv dasturlari bilan tanishdi. Ta’kidlash lozimki, mazkur uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashda muhim maydon bo’lib xizmat qildi. Kelgusida ikki tomonlama manfaatli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.