UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Haftaning har juma kuni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida vazir oʻrinbosari O.Joʻrayeva fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil qiladi

Maʼlumki haftaning har juma kuni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida vazir oʻrinbosari O.Joʻrayeva fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil qiladi. Navbatdagi qabulda ham aholining sohaga oid murojaatlari tinglandi.  

Ayni damda  poytaxtimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolar oʻzlarining noqonuniy qurilmalar, boshqaruv tashkiloti faoliyati, billing tizimiga oid murojaatlari bilan ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, koʻp qavatli uyning noturar qismlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish subyektlarining umumfoydalanish qismlarini tegishli tartibda saqlamayotganligi tanqid qilindi.

Ozoda Joʻrayeva mazkur masalalarga oqilona yechim topish, bunda  mutaxassislar ishtirokini taʼminlash yuzasidan topshiriqlar bermoqda.