UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Haftaning juma kunlari Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli o'tkazilib kelinadi

Ma'lumki, haftaning juma kunlari Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli o'tkazilib kelinadi. 

Bugun ham poytaxtimizning deyarli har bir tumanidan kelgan fuqarolarning kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilindi. Unda ko'p kvartirali uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyati, bolalar o'yingohi, "Mening uyim" billing tizimiga oid 10 ga yaqin muammo vazir o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva boshchiligidagi soha mas'ullari tomonidan muhokama qilindi. Mazkur masalalarning 7 tasi joyida bartaraf etildi. 3 ta holat bahsli bo'lgani bois joyida o'rganilishi ta'kidlandi. 

Vazirlikda aholi murojaatlari bilan ishlashning tizimlashtirilganligi  sohadagi muammolarga tezkor yechim topish imkonini bermoqda. Bugungi qabulda ham barcha murojaatchilar o'z muammolari hal bo'layotganidan mamnun bo'ldilar.