Haftaning juma kunlari vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilib kelinadi
Qish mavsumi insonlarning eng dastlabki ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan kommunal sohadagi murojaatlarni o’z vaqtida bartaraf etish zaruratini oshiradi. Shu ma’noda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida mazkur yo’nalishni kuchaytirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, vazirlikda 24/7 ish rejimida ishlovchi shtab faoliyati yo’lga qo’yilgan. Unda tun-u kun aholi murojaatlarini qabul qilish, shuningdek, hududlar kesimida sohaga oid muammolarni monitoring qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, haftaning juma kunlari vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilib kelinadi.
Bugungi qabulda ham poytaxtimiz va boshqa viloyatlardan kelgan aholi vakillarining muammolari tinglanmoqda.
Hozirga qadar boshqaruv tashkilotiga oid 3 ta murojaat qabul qilindi. Mazkur holatlar yuzasidan maxsus ishchi guruh tashkil etilishi ta’kidlanib, tezkor yechim choralarini ishlab chiqish bo’yicha topshiriq berildi.