UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

“Hamfikr qoʻshnilar” BSK maʼmuriy idorasiga ega boʻldi

Yangi Namangan tumanida faoliyat olib borayotgan “Hamfikr qoʻshnilar” boshqaruv servis kompaniyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi mahallaning Islom Karimov nomli koʻchasida joylashgan 13 ta koʻp kvartirali uydagi xonadonda istiqomat qiluvchi aholiga xizmat koʻrsatadi.

Bugun mazkur kompaniya oʻzining maʼmuriy idorasiga ega boʻldi, endilikda xizmat koʻrsatish sifati ham yanada takomillashadi.

Taʼkidlash joiz, mazkur BSKda aholi murojaatlari bilan ishlash hamda ularga qulayliklar yaratish uchun 24/7 rejimidagi avariya dispetcherlik xizmati tun-u kun faoliyat olib bormoqda. Bu esa fuqarolarga tez va sifatli kommunal xizmat koʻrsatish imkoniyatini yaratmoqda.