UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Har bir murojaat ortida inson taqdiri turadi!

Aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish, yechimini kutayotgan dolzarb muammolarni joyida aniqlash, oʻrganish  hamda bartaraf etish maqsadida Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Azlarjon Sodiqov hamda boshqa mas‘ullar Samarqand viloyatining Jomboy va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazishdi.

Qabulda ta'mirtalab koʻp kvartirali uy-joylar, bolalar maydonchasining mavjud emasligi va shu kabi oʻz yechimini kutayotgan boshqa  masalalar boʻyicha aholining murojaatlari tinglandi. Xususan, Jomboy tumani “Guliston” MFYda yashovchi fuqaro Ziyoda Mustafoyeva o‘zi istiqomat qilayotgan ko‘p qavatli uyning tom qismi va bolalar maydonchasini ta‘mirlab berishlarini so'rab qilgan murojaati amaliy jihatdan hal etiladigan bo'ldi. 

Shuningdek, Samarqand shahri Qorasuv massividan kelgan Sardor Umarov uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatidan noroziligini aytib, uning faoliyatini qonuniy o'rganib berishlarini bildirgan. Fuqaroga holat yuzasidan tegishli tartibda nazorat tekshiruvlari tayinlanib, o'rganish ishlari olib borilishini, agar qonunbuzilish holati aniqlangan taqdirda huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar Prokuratura organlariga  taqdim etilishi ma'lum qilindi.

Sayyor qabullar davomida viloyatda qurilish va kommunal masalalar bilan bogʻliq 20 dan ortiq murojaatlar qayd etilib, har bir masala shaxsan Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari nazoratiga olindi.