Hududiy nazorat inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p qavatli uyning fasad qismiga PVX quvurlar o‘rnatilgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan mazkur ko‘p qavatli turar-joy binosi Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 8-mavzeda barpo etilmoqda.
Tadbirkor tomonidan qurilayotgan binoning tashqi yozgi ayvonlari va vitraj oynalariga o‘rnatilgan PVX quvurlar yog‘ingarchilik natijasida hosil bo‘ladigan suvni yo‘naltirish hamda kelgusida xonadon egalari tomonidan qo‘yilishi rejalashtirilgan konditsionerlardan ajralib chiquvchi suvni bartaraf etish maqsadida o‘rnatilgan.
Shu munosabat bilan, fuqarolarga yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish qonunchilikda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.