UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg’in davom etmoqda

Hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg’in davom etmoqda.

Xususan, viloyatimizda faoliyat olib borayotgan boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Nurobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Nur sifat kommunal xizmati” BSK tomonidan Amir Temur mahallasidagi 37-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismi ta‘mirlandi. 

Shuningdek, Kattaqo‘rg’on shahrida faoliyat yurituvchi “Miyonqul smart”  boshqaruv kompaniyasi - MCHJ tomonidan Bobur ko‘chasidagi 2-sonli ko‘p qavatli uyning kirish yo‘laklari ta'mirlanib, yo'laklarga beton qoplamasi yotqizildi.

Bundan tashqari Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Maftunkor kimyogar” BSK tomonidan Narpay ko‘chasidagi 15-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismida ta'mirlash ishlari olib borildi.