UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Hududlardan xabarlar

Fargʻona viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida “2022-yil va 2023-yilning oʻtgan 6 oyi davomida viloyat hududida qurib foydalanishga topshirilgan (qurilayotgan) bino (uy-joy, ijtimoiy soha obyektlari va b.)larda qurilish normalari va talablariga amal qilinmoqdami?” mavzusidagi jamoatchilik eshituvi oʻtkazildi.

Tadbir Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati, Oʻzbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi hamkorligida oʻtkazilib, unda viloyatdagi nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillari, Federatsiya xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Boshqarma mutasaddilari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan keng qamrovli axborotlar berilgach, tadbir ishtirokchilarining bu boradagi fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi, shuningdek, ularni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berildi.

Tadbir yakunlariga koʻra qurilish sohasida olib borilayotgan ishlarni aholining keng qatlamlariga yetkazish, ularning xabardorligini oshirish hamda bu boradagi huquq va manfaatlarini himoya qilinishiga erishish, sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida hududdagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida keng qamrovli hamkorlik hamda ijtimoiy sheriklik aloqalarini olib borishga kelishib olindi.