Hududlardan xabarlar
Qashqadaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Shahrisabz shahri Xo'jamurod Baxshi mahallasi hududida buyurtmachi "EXCELLENT ANY TRADE" MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar- joy binolarida monitoring ishlari o'tkazildi.
Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
5-uyning 2-qavat "B" va "G" o'qi, 3-4-qatorlar oralig'ida joylashgan o'zak betonlarida karkas qismi loyiha talablari asosida bajarilmagan;
obyektning tashqi kommunikatsiya ishlari, xususan, kanalizatsiya tortish va beton quduq (kalodes)larni o'rnatishda loyiha talablari hamda tegishli me'yoriy qoidalar inobatga olinmagan.
Ushbu qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachiga “Qurilishda Davlat Nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy ko‘rsatmalar berildi, loyiha talablari asosida bajarilmagan karkas va kanalizatsiya tarmog'iga ulash ishlari joyida demontaj qildirildi.