Ichimlik suv quvuriga noqonuniy ulanganlar ma’muriy jarimaga tortildi
Xabaringiz bor, Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ xodimlari tomonidan hududlarda reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, Angor tumanida o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida 5 nafar fuqaroning ichimlik suv iste'moli qoidalarini buzganligi hamda 1 ta holatda noqonuniy tartibda ichimlik suvidan o'zboshimchalik bilan ulanish va foydalanish qoidalari buzilganligi ma’lum bo‘ldi.
Qonunbuzarlarga nisbatan ma’muriy dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Viloyatda REYD TADBIRLARI davom etmoqda.



