UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahri Yunusobod tumani 2-mavze A.Donish ko’chasi 39-uyda qurilgan obyektning tegishli normalarga zid ravishda barpo etilgani boʻyicha bildirilgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi (MUNOSABAT)

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahri Yunusobod tumani 2-mavze A.Donish ko’chasi 39-uyda qurilgan obyektning tegishli normalarga zid ravishda barpo etilgani boʻyicha bildirilgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. 

Koʻrsatilgan manzilda savdo maishiy xizmat ko’rsatish va umumiy ovqatlanish binosini maishiy xizmat ko’rsatish hamda ofis binosi sifatida ixtisoslashtirib rekonstruksiya qilish obyektiga tegishli qaror asosida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʼyicha Аrxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2019-yil  16-dekabrdagi 31-2666/A-sonli xulosasi berilgan. Shuningdek, “Siymo dizayn” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan ishchi loyiha “Bino inshoot loyiha ekspertizasi” MCHJ tomonidan koʻrib chiqilgan va 2020-yil 16-iyunda 100-505/20-sonli yigʼma ekspertiza xulosasi berilgan. 

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 343-sonli qaroriga binoan Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan oʼrnatilgan tartibda  2020-yil 3-iyulda 98-Y sonli ruxsatnoma olgan. 

Obyektda loyiha smeta hujjatlariga qayta o’zgartirish kiritilgan va Toshkent shahar Qurilish bosh Boshqarmasining Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʼyicha Аrxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2021-yil  1-iyundagi 20695-sonli xulosasi olingan. Shuningdek, “Siymo dizayn” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan ishchi loyihaga “Project building expert” MCHJ tomonidan 2021-yil 16-iyulda 17-Э/2021-sonli yigʼma ekspertiza xulosasi berilgan. 

Shundan so’ng obyekt egaligi Ubaydullayev Doniyor Nigmatovichdan Buzrukov Ziyovuddin Xusniddinovich nomiga o’zgargan hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 343-sonli qaroriga ko'ra Toshkent shahar qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi xabardor etilgan. 

Obyektda qurilish-montaj ishlari loyiha smeta hujjatlari bo’yicha to’liq yakunlangandan so’ng 2021-yilda foydalanishga topshirilib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan.