“Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DM faoliyati yuzasidan tanqidiy videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DM faoliyati yuzasidan tanqidiy videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig'ilish O'zbeksiton Respublikasi Bosh Prokuraturasining taqdimnomasiga asosan tashkil etildi.
Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari T.Alimatov rahbarligida tizimdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda kompaniyaning 2024-yildagi faoliyati, qurilish jarayonlarining sifati va shaffofligini oshirish, moliyalashtirish hamda loyiha hujjatlarining tayyorlanish jarayoni ko‘rib chiqildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Muhokama natijasida aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.