Inspeksiya rahbari boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida ham boʻldi
Inspeksiya rahbari boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida ham boʻldi.
Bugungi kunda ushbu tuman chin maʼnoda qurilish-bunyodkorlik maydoniga aylangan. Qurilishning koʻplab yoʻnalishlarida amaliy tashabbuslarga qoʻl urilmoqda. Ammo kuzatuvlar davomida “Yangi Oʻzbekiston” massivlari va boshqa ijtimoiy soha obyektlari qurilishida kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgani maʼlum boʻldi.
Xususan, qurilishda texnika xavsizligi qoidalariga amal qilmaslik, belgilangan loyihadan chetga chiqish kabi holatlar aniqlandi. Inspeksiya rahbari mazkur kamchiliklarni kechiktirmay bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.