Inspeksiya rahbari o'rganish ishlarini ijtimoiy soha obyektlarida ham davom ettirdi
Inspeksiya rahbari o'rganish ishlarini ijtimoiy soha obyektlarida ham davom ettirdi.
Xususan, Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida Chiroqchi tumanida qurilayotgan 28-maktab ko'zdan kechirilganda bir qator kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi.
Jumladan, maktab sinfxonalarining devorlarida bajarilgan pardozlash ishlari yuzalarida notekisliklar mavjudligi, undan tashqari 1-qavatda terilayotgan marmar toshlar choklari qorishmalar bilan to‘ldirilmasdan qilinayotganligi ma'lum bo'ldi.
Rahbar tomonidan qurilish ishlarida eng asosiy masala sifat ekanligi ta'kidlandi hamda aniqlangan kamchiliklar bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Keyingi manzil Ko‘kdala tumani “Oltin dala” MFY hududida barpo etilayotgan Madaniyat markazi binosining qurilishi bo‘ldi.
Xususan, inspeksiya rahbari tomonidan qurilish jarayonidagi ijobiy tomonlar alohida qayd etilib, xavfsizlik talablariga yetarli darajada amal qilinmaganligi, jumladan, ishchilar maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlanmagan holda ish olib borayotgani hamda qurilish maydoni chiqindilardan tozalanmaganligi tanqid qilindi.
Mavjud kamchiliklarni oldini olish va qurilish sifatini yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.