UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Inspeksiya rahbarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlarida qurilayotgan ijtimoiy soha obyektlarini oʻrganish ishlari davom etmoqda

Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i Sirojiddin Eshquvvatov Qoraqalpog'iston Respublikasida boʻlib turibdi. 

Maqsad viloyatda qurilayotgan obyektlarni tanqidiy-tahliliy oʻrganishdir. Dastlabki manzil Kegeyli tumani  "Aktuba" OFYdagi "Yangi O'zbekiston massivi" hududida qurilayotgan ijtimoiy soha obyektlari bo’ldi.


Inspeksiya rahbarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlarida qurilayotgan ijtimoiy soha obyektlarini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Navbatdagi manzil Kegeyli  tumani “Gujim” OFY hududidagi 300 oʻrinli yangi maktab binosi. Uning buyurtmachisi “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” hisoblanadi. Obyekt qurilishida bir qator kamchiliklar koʻzga tashlangani bois mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shundan so'ng Inspeksiya rahbari Chimboy tumani "Kenes" OFY hududidagi 4-sonli maktab uchun qurilayotgan yangi sportzalni ham ko'zdan kechirdi.

Unda belgilangan talablarga muvofiq ish olib borishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani aniqlandi. Sirojiddin Eshquvvatov qurilishning har bir jihatiga eʼtibor qaratib, bu borada bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan masʼullarga o'z koʻrsatmalarini berdi. 


 Inspeksiya rahbari Nukus shahri "Elbat" MFY hududida qurilayotgan  ko'p qavatli turar joy binolarining qurilishi bilan ham yaqindan tanishdi. 

Xususan, buyurtmachi "Nukus Downtown" MCHJ tomonidan qurilayotgan obyekt ko'zdan kechirilar ekan, qurilish madaniyatiga amal qilinmayotganligi hamda hudud chiqindilardan tozalanmagani tanqid ostiga olindi va mas'ullarga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, jarayonda turar joy komplekslarida sifat nazorati doimiy olib borilishi lozimligi, bu bevosita aholining xavfsiz va qulay sharoitlarda istiqomat qilishiga zamin yaratishi alohida ta’kidlandi.