Investitsiya dasturi doirasida qurilayotgan ijtimoiy soha obyektlarida qurilish ishlarining borishi o‘rganildi
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Umar Mirzayev Ishtixon tumanida bo‘lib, tuman prokuraturasi va tegishli mas‘ullar ishtirokida hududda bunyod etilayotgan ijtimoiy soha obyektlari xususan, 33, 35, 84-umumta’lim maktablarida hamda SEO va JS bo‘limi binosidagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Asosan olib borilayotgan ishlarning sifatiga e’tibor qaratilib, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.





